Institutning axborot tizimi va zamonaviy kompyuter tuzilmalari negezida o’quv jarayonini fakultet, kafedra va boshqa bo’linmalarni axborotlashtirish vositalati bilan ta’minlash;
Institutning ichki axborotlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni o’quv jarayonini, institutning ilmiy va ma’muriy-xo’jalik faoliyatini, oily o’quv yurtlararo faoliyatini va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro faoliyatlarini axborot texnologiyalari va manbaalar bilan boyitib borish;
Axborot texnologiyalarini joriy etish, institut bo’limlarining dasturiy va texnik vositalar bilan jihozlash sohasidagi taklif va loyihalari ekspertizasini qamrab olgan holda axborot texnologiyalarini institutning o’quv jarayoniga hamda boshqa faoliyat doiralariga joriy etish va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
Institut boshqaruvi va o’quv jarayonini axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish va joriy etish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;
Professor-o’qituvchilar va xodimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, internet tizimidan keng ko’lamda o’quv va ilmiy izlanishlar borasida ish olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; fakultetlarda kompyuter texnikalaridan o’quv jarayonida foydalanishni texnik va uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
Fakultet va kafedralar uchun yagona tizimga asoslangan elektron ta’lim resurslarini yaratish hamda joylashtirish ishlarini texnik va dasturiy jihatdan ta’minlash;
Institutning korporativ axborot tizimini dasturiy va texnik jihatdan nazorat qilish va ularni talab darajasida ishlashiga ko’maklashish; institutning yagona axborot tizimini yaratish va rivojlantirish hamda respublika va xalqaro tizimga integratsiyalash (yaxlit qilib birlashtirish)ni ta’minlash, xususan, institut bo’limlari, fakultetlari uchun lokal va uzoq masofada joylashgan binolarida, talabalar yotoqxonasidagi kompyuterlarni shu tizimga bog’lash loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, tizim infrastrukturasini zamon talablari asosida rivojlantirishni tashkil etish;
Institut axborot serverlarining dasturiy-texnik kompleksini ishlab chiqish va ularning ishlashini nazorat qilish, unda saqlanayotgan ma’lumotlardan institutning ichki tizimida foydalanish huquqini chegaralash vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Institut kompyuter sinflari dasturiy komplekslaridan foydalanishni va ishga layoqatliligini ta’minlash;
Professor-o’qituvchilar va xodimlarning boshqaruv faoliyatini hamda o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakalarini oshirish tizimini uslubiy ta’minlash;
Institut tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hisoblash ishlari bo’yicha olib borilayotgan o’zaro hamkorlik xo’jalik ishlariga ko’maklashish;
Institutning avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor bo’lgan fakultet va bo’limlar uchun ular bilan hamkorlikda loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirish;
Umum institut internet va internet-resurslari holatini tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish va nazorat qilishni tashkil etish;
Multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish, maketlash va taqdimot materiallarini yaratish;
Umum institut nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikalarining ishlashiga amaliy yordam berish;
Kommunikatsiya jihozlari, tizimli kommunikatsiya va hisoblash texnikalarini ta’mirlash bazasini yaratish;
Kompyuter tuzilmalarining tizim ishini testlash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish;
Axborot resurslari, kommunikatsiya markazi, intellektual kompyuter sistemasi markazlari tomonidan o’quv jarayoni va faoliyatning boshqa turlarini axborotlashtirish maqsadida bajarilayotgan ishlarni, shuningdek, institutning axborot-kommunikatsiya tizimi bilan o’zaro hamkorlikni talab qiladigan ishlarni operativ (tezkor) ravishda o’zaro muvofiqlashtirish;
Videokonferentsiya, videomaslahatlar va videobahslar o’tkazishda foydalanuvchi va tinglovchilarga amaliy yordam berish;
Kompyuter sinflari va lokal tarmoqda axborotlar xavfsizligini ta’minlash; ishga yaroqsiz orgtexnika vosilariga texnik xulosa berish;
Markazning faoliyati va maqsadlariga mos keladigan loyihalar bo’yicha fan va axborot texnologiyalar markazi hamda chet el grantlariga e’lon qilingan konkurslarda qatnashish;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda mazkur nizom talablari doirasida faoliyatning boshqa turlarini olib borish.