https://namspi.uz/uploads/52aebee98fc181a2875a183d492f6844.png
PhD dots Mamatqulov Orifjon Tursunovich
(Sanoat Muhandisligi kafedrasi)
Bakalavr : Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Magistratura : Namangan muhandislik-texnologiya instituti
PhD Doktorantura : Namangan muhandislik-texnologiya instituti
m.orif@mail.ru
+998972300890
“Sanoat muhandisligi” kafedrasi
“Sanoat muhandisligi” kafedrasi institut kеngashi qarori bilan tashkil etilgan bo`lib, kafеdrada hozirga kunda 60721400 Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi) bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Rеspublikamizning ko`plab ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari uchun yetuk raqobatbardosh kadrlar tayyorlanmoqda.
Tashkil qilingandan boshlab kafedrani Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) Mamatqulov Orifjon Tursunovich boshqarib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafеdrada 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o`qituvchi, 2 nafar assistеnt, 1 nafar kabinеt mudiri faoliyat ko`rsatib kеlmoqdalar.
Sanoat muhandisligi kafedrasi toʻqimachilik xomashyosini turli texnikalar bilan ishlab chiqarish, qayta ishlash va bu sohada yangi texnikalarni ishlab chiqish boʻyicha taʼlim va tadqiqotlarni taʼminlovchi muhandislik sohasidir. Sanoat muhandisligi kafedrasida toʻqimachilik sanoatining tola, ip-kalava, toʻquv, trikotaj, toʻqilmagan yuzalar, boʻyash, pardozlash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish sohalarida ishlaydigan mashinalar haqida puxta bilim olinadi.
Mamlakatimizda yangi bitirgan muhandislar sanoatdagi amaliy ishlar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasligi mumkin. Namangan to’qimachilik sanoati institute, “Sanoat muhandisligi” kafedrasida nazariy kurslardan tashqari, mashina va uskunalar infratuzilmasi bo'lgan laboratoriya va ustaxonalarda amaliyot imkoniyatlari taklif etiladi. Nazariy bilim tajribasiga ega bo‘lgan talabalar mavsumiy amaliyot joyidagi mashg‘ulotlar va amaliyotlar orqali olgan bilimlarini malakaga aylantirishlari mumkin. Shunday qilib, sanoat-institut hamkorligi doirasida yangi mahsulotlarni loyihalash ham ilmiy yondashuvlarni uzatishda faol rol o'ynaydi.
ILMIY-TADQIQOT VA O‘QUV-USLUBIY ISHLARI
2023-2025 o’quv yilida kafedrada 1 nafar PhD (Akramjanov D ) Turkiya davlatining Marmara universtitetida dissertatsiya himoyasi rejalashtirilgan.
Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan Scopus va Web of science ma`lumotlar bazasiga kirgan yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallarda 2 ta, OAK e`tirof etgan xalqaro va rеspublika jurnallarida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek 2 ta darslik, 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya, 5 ta dasturiy mahsulot uchun guvohnoma, 1 ta foydali modеl uchun patеnt, hamda 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar chop ettirilgan va kafedra tasarrufidagi 10 dan ortiq fanlar bo‘ycha o‘quv uslubiy majmualar yaratildi, ularning elektron variantlari institut ARM va ZIYONET saytiga joylangan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Elektrogaspayvandchi” va “Kompyuterda modellashtirish” o‘quv kurslari tashkil qilinishi realashtirilib, institutda ta’lim xizmatlarini yaratish va byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha sezilarli ravishda o‘z hissalarini qo‘shish belgilangan. Shu bilan birga kafedra bir qator ishlab chiqarish korxonalari (Namangan To’qimachi Holding, Namangan home Textile, MEXMASH MCHJ, ART SOFT HOLDING MCHJ, Oqtosh textile MCHJ, ) bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.