Yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi





          Kaferda mudiri – Maqsudov Nabijon Baxodirovich

         Kafedra manzili – NamMTI, 6-bino, 2- qavat

         Telefon -                        (+99894) 307 39 47

         Elektron pochta –         maqsudovnabijon@mail.ru

Yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi kafedrasi tarixi

 

Kafedra 1994 yilda “Charm va gazlama buyumlari texnologiyasi” nomi bilan tashkil etilgan bo’lib,  kafedrani 1994-1997-yillarda dotsent Xojimatov Rasuljon Solievich boshqargan va “Sharm buyumlari texnologiyasi” mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlangan.  Shu yillarda TTESI dotsentlari O.Haydarov va F.Zaletdinovlar taklif etilgan. Kafedra 1998-2000 yillarda “To’qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasiga qo’shilib “To’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasiga aylantirilgan va uni dotsent Aliyeva Dilbar Ganievna boshqargan. 2000 yil dekabr oyidan kafedrani dotsent A.Xojiyev boshqargan. 2002 yil iyun oyidan kafedra yana ajralib, nomi “Kasb ta'limi” deb o’zgartirilgan va kafedrani dotsent Xojiev Abduraxim Abduraxmonovich boshqargan. Kafedra nomi 2005-yil avgustdan boshlab “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” deb o’zgartirilgan va unda “Kasb ta’limi (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi)” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar, “Kasb ta’limi (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi)” hamda “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlangan.

Kafеdrani nomi 2011 yil 8-sеntyabrdan boshlab “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va tеxnologiyasi” dеb o’zgartirildi va unga 2005-2017 yillar davomida dotsent Ergashеv Jamoliddin Samatovich, 2017-2018 yillar davomida dotsent Yuldashеv Jamshid Qambaraliеvich, 2018-2021 yillar davomida dotsent Ergashеv Jamoliddin Samatovich raxbarlik qildi. 2012-yildan boshlab 5A320902 – “Tikuv buyumlari tеxnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash”, 2020-yildan boshlab 5A320902-Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi va jixozlari (maxsulot turlari bo‘yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar, 5320900-“Yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyasini ishlash va tеxnologiyasi” (tikuv, charm va mo’yna buyumlar texnologiyasi) ta'lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek kafedrada 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo’yicha 4 nafar doktorantlar tahsil olmoqdalar.  

          2021-yildan hozirgi kunga qadar kafedrani PhD, доцент Maqsudov Nabijon Baxodirovich boshqarib kelmoqda.

 

Kafedraning hamkorlik aloqalari

 

Kafedra Turkiyaning Ege universiteti, Karabuk universitesi, Rossiyaning Kostroma texnologiya universiteti, Xitoy Xalq respublikasining Donghua  University, Zhejiang Sci-Tech university, Qirg‘izistonning M.M.Adisheva nomidagi Osh texnologiya universiteti, Osh davlat universiteti, Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro Muxandislik-texnologiya instituti, Andijon mashisozlik instituti, Farg’ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Viloyat akademik litseylar va o’rta maxsus kasb tahlimi boshqarmasi, Viloyatdagi yengil sanoat kasb-hunar kollejlari va regiondagi qator yengil sanoat korxonalari  bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda

 

Kafedraning ilmiy faoliyati

 

Kafedrada 4 ta ilmiy yo’nalish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari xo’jalik shartnomalari va davlat grantlari asosidagi loyihalarda ishtirok etmoqdalar. Shuningdek so’ngi yillarda  J.Ergashev, F.Dadaboyev va V.Umarovalar tomonidan “Charm buyumlarini konstruksiyalash”, A.Xojiyev tomonidan “Безопасность жизнедеятельности” darsliklar, J.Ergashev, O.Mamadaliyeva, M.Nazarovalar tomonidan “Kostyum tarixi”, A.Xojiyevning “Безопасность жизнедеятельности”, N.Nabidjanova, M.Rizametova, D.Rimberdiyeva, R.Ergashevalarning “Tikuv buyumlari texnologiyasi”, J.Ergashev, N.Nabidjanova, D.Rimberdiyeva, R.Ergashevalarning “Tikuv uyumlarini konstruksiyalash” fanlari bo’yicha o’quv qo’llanma hamda J.Qayumov, J.Ergashev, R.Xojimatov va Q.Xoliqovlar tomonidan “Raw Wool Impurities and Their Removing Processes”, A.Xojiyevning “Biotexnologiya usullarini qo‘llab, paxta tolasi va chigiti xususiyatlarini yaxshilash istiqbollari”, “Paxta tozalash mashinalari samaradorligini oshirish maqsadida, uning konstruksiyalarini takomillashtirish”, N.Nabidjanova tomonidan “Разработка технологии производства и проектирования нового ассортимента хлопко-шелковых верхних трикотажных изделий”, “Разработка поликомпонентного трикотажа”, N.Maqsudovning “Gigiyenik va deformasion xususiyatlari yaxshilangan kompression sport buyumlarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish”, N.Maqsudov, B.Dadamirzayev va N.Ismatullayevlar tomonidan “Исследование и разработка ассортимента компрессионных изделий спортивного назначения из растяжимых материалов” monografilar chop ettirilda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan davlat grantlariga 4 ta loyiha tayyorlanib topshirildi va Respublika va xalqaro ilmiy-texnik jurnallarida muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop ettirib borilmoqda.

Kafedra tarkibidagi professor-o’qituvchilar so’ngi 3 yil ichida kafedra azolaridan 2 nafari DSc va 4 nafari PhD ilmiy darajasiga ega bo’ldilar.

                          Kafedra tarkibi

 

  1. Maqsudov Nabijon Baxodirovich – kafedra mudiri, PhD;
  2. Ergashev Jamoliddin Samatovich – professor, DSc;
  3. Xojiev Abduraxim Abduraxmonovich - dotsent;
  4. Xojimatov Rasuljon Soliyevich - dotsent;
  5. Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna – professor, DSc;
  6. Rayimberdiyeva Dilrabo Xabibillayevna - katta o’qituvchi;
  7. Ergasheva Rashida Abdug’aniyevna – katta o’qituvchi;
  8. Dadaboev Farxodjon Maxsudjanovich – katta o’qituvchi;
  9. Dadamirzayev Baxromjon Baxtiyor o’g’li – assistent;
  10. Xomidjonov Abror Olimjon o’g’li – assistent;
  11. Parpiyev Umidjon Meliyevich – assistent;
  12. Turg‘unova Iroda Xasanboy qizi – assistent;
  13. Pirmanova Qunduz – kabinet mudiri;