O’QUV USLUBIY BO’LIMI
ISOQOV SAYDILLA SOBIRJONOVICH
O’quv uslubiy bo’limi boshlig’i
Telefon: (93) 938-14-14
E-pochta: saydulla.isoqov@mail.ru
O‘quv-uslubiy bo‘lim institut boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning faoliyati institutda Davlat ta’lim standartlari va boshqa o‘quv-me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv ishlarini tashkil etilishini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. fon: (93) 938-14-14
E-pochta: saydulla.isoqov@mail.ru
O‘quv-uslubiy bo‘lim institut boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning faoliyati institutda Davlat ta’lim standartlari va boshqa o‘quv-me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv ishlarini tashkil etilishini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy bo`limning maqsadi:
Me’yoriy hujjatlar asosida bakalavriat va magistratura uchun ta’lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarga muvofiq ravishda tashkil etadi, nazorat qiladi hamda boshqaradi.
O‘quv-uslubiy bo`limning vazifalari:
- O`zbekiston Respublikasining ta`limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta`minlash va monitoringini olib borish
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish
- Davlat ta`lim standartlari asosida o`quv ishlarni tashkil etilishini ta`minlash
- Fakultet va kafedralar o`quv ish rejalarini bajarilishini ta`minlash
- Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish
- O`tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o`qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish
- O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish
- Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish
- NTSIni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish
- O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash
- Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish
- Institutda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash
- Institutda soatbay fondini to`g`ri ishlatilishini ta`minlash va nazorat qilish
- O`quv-uslubiy jarayoniga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta`minlash
- Barcha fakultetlarda darsliklar va o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o`quv-uslubiy majmualar bilan ta`minlanishi bo`yicha ishlarni tashkil etish
- Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, professor-o`qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta`minlash
- Barcha ta`lim yo`nalishlarini o`quv reja va fan dasturlari bilan ta`minlash
- Talabalarning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etilishini ta`minlash
- Talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etilishini ta`minlash
- Talabalarni mustaqil ta`lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni ta`minlash
- NTSI Ilmiy kengashi rejasi asosida o`quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini ta`minlash
- Boshqarma faoliyatiga oid ma`lumot va hisobotlarni Vazirlikka o`z vaqtida, o`rnatilgan tartibda taqdim etib borish
Bo‘limning huquq va majburiyatlari:
Bo‘limning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda ijro organlari, shuningdek, institut fakultetlari, kafedralar bilan aloqa bog‘lash, shuningdek, bo‘lim nizomida belgilangan vazifalarni so‘zsiz bajarilishini qamrab oladi.