MAGISTRATURA BO‘LIMI





Sharifjonov Ismoiljon Ilyosjon o’g’li

Qabul vaqti:                            Har kuni, 9:00 dan 14:00

Telefon raqam:                        +998931556683

E-mail:                                    shismoil1994@gmail.com

Aloqa:                                    

 

Bo’lim faoliyati.

  Namangan to’qimachilik sanoati institutida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limi amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

  • magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga;
  • ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashish ;
  • o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • magistrlarni o‘qitish va ularni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • magistrlar tayyorlash masalalarini taxlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan yuritadi.

Institutimizda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar taxsil oladi:

  • Dizayn (kostyum dizayni)
  • Paxta sanoati mashina va jihozlari
  • To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha)
  • To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (trikotaj)
  • To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to’qima)
  • Paxtani dastlabki ishlash va urug’ tayyorlash texnologiyasi
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (turlari bo’yicha)
  • Texnologiyalar va jihozlar (to’qimachilik muhandisligi)
  • Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (mahsulot turlari bo’yicha)
  • Paxtani dastlabki ishlash va urug’ tayyorlash texnologiyasi
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (turlari bo’yicha)
  • Texnologiyalar va jihozlar (to’qimachilik muhandisligi)
  • Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (mahsulot turlari bo’yicha)