Dizayn” kafedrasi





Nazarova Matluba Abdurashid qizi

Telefon: +998-94-153-84-47

E-Mail: matluba.nazarova91@gmail.com


#

Kafedra tarkibi

Nazarova Matluba Abdurashid qizi – Kafedra mudiri

Rizametova Manzura Abdullajonovna – Katta o’qituvchi

Abduraxmonov Rustam Abdullaevich – Katta o’qituvchi

Xamraxo’jaev Baxtiyor Yaxyoevich kat – Katta o’qituvchi

Boymatova Kamola Abduraxmon qizi – Katta o’qituvchi

Sotvoldieva Zarifa Olimjonovna – assistent

Xakimjonov Islom Shuxrat o’g’li – assistent

Mamaxanova Zebiniso Obidovna – assistent

Nilufar Yunusxodjaeva – assistent

Obidov Ergashboy  Nurmatjon o’g’li – assistent

Kafedra haqida ma’lumot.

 “Dizayn” kafedrasi 2019 - yilda  Namangan muhandislik texnologiya instituti “Yengil sanaot mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasidan ajralib chiqgan holda tashkil topgan. Kafedraga texnika fanlari  doktori,  professor Q.M. Xoliqov 2020 - yilgacha rahbarlik qilgan. 2020-2022 yillarda texnika fanlari  doktori, dotsent Z.E. Erkinov rahbarlik qilgan. 2022-2023 yilgacha falsafa fanlar doktori Soliyev Azizbek Kamoldinovich rahbarlik qilgan. 2023 – yildan hozirgi vaqtgacha falsafa fanlari doktori Nazarova Matluba Abdurashid qizi rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 60210400 - Dizayn (kostyum), 60210400-Dizayn (yengil sanoat dizayni), 60210400 - Dizayn (to’qimachilik sanoati dizayni) yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 70210401–Dizayn (kostyum) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Shuningdek Namangan davlat universiteti hamda Toshkent to’qimachilik yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda tayanch doktarantura yo’lga qo’yilgan.

Kafedrada amalga oshirilayotgan ishlar.

Kafedraning professor - o’qituvchilari tomonidan turli hildagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. “HOME TEXTILE NT” MCHJ, “FAZMAN TEKSTIL” MCHJ, “Ideal tekstil - Orzu” MCHJ korxonalari bilan 4+2 o’quv dasturi bo’yicha dars mashg’uloti yo’lga qo’yilgan. Yosh avlodni zamon talabiga mos darajada tayyorlash maqsadida barcha kafedra a’zolari  ilmiy - tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

 

Dizayn kafedrasida 3 ta Dizayn studiya xonasi tashkil etilgan bo’lib, Kafedraning professor - o’qituvchilari va talabalar ijodiy loyihalarini bajarish uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

 

 

Kafedra tasarrufidagi barcha magistratura talabalari sohaning ustivor yo’nalishlariga mos keluvchi ilmiy muammolar asosidagi mavzular ustida ishlamoqdalar.

 

Ularga sohaning tegishli ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va har bir magistratura talabasining dissertatsiya ishlari mazkur korxonalarning ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan.

 

4+2 dasturi bo’yicha hamkor korxonalarda tashkil qilingan kafedra filiallari

 

 

 

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti “Dizayn” kafedrasi viloyatdagi yetakchi tikuv buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Jumladan, “Orzu Ideal textile” MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyati “Orzu Ideal textile” MCHJ, “Sug’diyona Fayz (Emir Brand)” MCHJ, “PAXTA TEKS” MCHJ kabi yetakchi korxonalar muvofaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning erishgan yutuqlari.

 

     “Dizayn” kafedrasi tashkil etilgandan keyin talabalar va o’qituvchilarning ilmiy faoliyatlarida ijobiy o’zgarishlar yanada ko’paydi. Kafedraning horijiy hamkor Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklari yanada rivojlandi. Turli hildagi ko’rik tanlov va festivallarda talabalarning ishtiroki oshib bormoqda va sovrinli yutuqlarga erishilmoqda. Masalan 2022-yilda 2au-20 guruh talabasi Baxodirova Mohinur Jaongir qizi O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” da ishtirok etib oltin medal bilan taqdirlandi. Qirg’iziston Respulikasiing Osh shahrida o’tkazilgan “Fashion – 2022” tanlovida talabalarimiz bir nechta yo’nalishlar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar. 2023-yilda talabamiz Isoqaliyeva Xilola Ravshanbek qizi O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” da ishtirok etib oltin medal bilan taqdirlandi. Bundan tashqari Xalqaro va Respublika tanlovlari, fan olimpiadalarida talabalarimiz munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

        Hozirga kelib, kafedra professor-o‘qituvchilari -17 nafarni tashkil qiladi, ulardan 1 nafari falsafa doktori (PhD), 4 nafari katta o’qituvchi, 6 nafari doktorant, 6 nafari assistentlardir. Kafedra “Dizayn (kostyum)” mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlashga ixtisоslashgan bo`lib, umummutaxassislik va mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg’ulоtlari оlib bоriladi.

        Mutaxassislik fanlarini o`qitishni yo`lga qo`yish, diplоm lоyihalarini tashkil etish va uni bajarishda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti prоfessоr-o’qituvchilari tomonidan talabalarga katta amaliy yordam ko`rsatilmoqda.