Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida innovatsion tadqiqotlar davom etmoqda!





  To‘qimachilik sanoatida sifat va innovatsiya:
Institutimiz laboratoriyasida yelim tarkibining to‘qimachilik materiallariga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar mahalliy xomashyo imkoniyatlarini kengaytirish va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishga qaratilgan.

  Tadqiqotning asosiy maqsadlari:

  Yelim tarkibini va uning matoga sepilish jarayonidagi optimal parametrlarni aniqlash;
Mahsulotning chidamliligini va sifatini oshirish;
To‘qimachilik jarayonlarida yangi texnologiyalarni joriy etish.
  Ilmiy izlanishlar natijalari:
Shahzoda Xamidullayevna tomonidan olib borilayotgan izlanishlar nafaqat nazariy, balki amaliyotga tez tatbiq qilinmoqda. Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tajribalar ilmiy natijalarni real sohalarga joriy qilishga xizmat qilmoqda.

 

  Chop etilgan ilmiy ishlar:
Mazkur tadqiqot natijalari xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda eʼlon qilinmoqda. Ushbu ishlanmalar nafaqat mahalliy sanoat rivojiga, balki O‘zbekistonning xalqaro bozoridagi nufuzini mustahkamlashga ham hissa qo‘shmoqda.

Kelajak texnologiyalariga yo‘l – bugungi izlanishlarda!