https://namspi.uz/uploads/501ae751bd118812f0caa8e9f71a2a74.jpg
Bugun Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Karimov boshchiligida "Baliq terilariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔵 Loyiha haqida:
Institut ilmiy jamoasi tomonidan mahalliy resurslardan foydalanib, Afrika lakkasi baliq terisidan yangi assortimentdagi tabiiy charm mahsulotlarini yaratish maqsad qilingan. Ushbu loyiha ijrochisi Ismatullaev Nizom Adashaliyevich boshchiligida olib borilmoqda. Loyiha davomida mahalliy baliq terilariga ishlov berish orqali raqobatbardosh charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔵 Loyihaning maqsadi va ahamiyati:
▫️ Mahalliy baliq terilaridan foydalanib tannarxni pasaytirish;
▫️ Gigiyenik xususiyatlarni yaxshilash orqali inson salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish;
▫️ Import charm o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish;
▫️ Mahalliy charm asosida yangi assortimentdagi tеri va galanterеya mahsulotlarini yaratish;
▫️ Eksport salohiyatini oshirib, milliy mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish.
🔵 Jarayon tafsilotlari:
Bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Karimov tadqiqot jarayonini o‘rganar ekan, loyiha dolzarbligi va amaliy ahamiyatini alohida taʼkidladi. Shuningdek, mahalliy baliq terilariga ishlov berishda zamonaviy texnologiyalarni kengroq joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Bu loyiha nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki mahalliy charm mahsulotlarini yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro bozorlar bilan raqobatda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi.