Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti va Germaniyaning «Sossna» kompaniyasi hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda





  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Germaniyaning sun’iy tola va ip ishlab chiqarish uchun jihoz va ehtiyot qismlar tayyorlovchi «Sossna» kompaniyasi rahbari doktor Sossna bilan video konferensiya shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

  Uchrashuvda sun’iy va sintetik tolalarning mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi. Kelgusida ushbu sohani rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 Yig‘ilishda institut rektori prof. Q. Xoliqov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. J. Ergashev, «Sossna» kompaniyasining Namangandagi vakili Y. Sodiqov, shuningdek, kompaniya rahbari doktor Sossna ishtirok etdi.

 


# # # #

  Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinib, yurtimiz to‘qimachilik sanoatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishida qo‘shma loyihalar amalga oshirish rejalari belgilandi.

 Ushbu uchrashuv o‘zaro tajriba almashish va sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.