https://namspi.uz/uploads/6cabe97adb4c36ec6f15b138067cc483.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida charm ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
🔬 Loyiha haqida:
Mazkur loyiha institutning 2-bosqich tayanch doktoranti Muxtarov Abbos Baxtiyor o‘g‘li tomonidan olib borilib, charm ishlab chiqarishda modifikatsiyalangan ipak gidrolizatidan foydalanish orqali mahalliy qo‘y terisini mustahkamligini oshirishga qaratilgan.
🌟 Loyihaning maqsadi va ahamiyati:
▫️ Mahalliy resurslardan foydalanib tannarxni pasaytirish;
▫️ Gigiyenik xususiyatlarni yaxshilash orqali inson salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish;
▫️ Import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh charm mahsulotlarini ishlab chiqarish;
▫️ Mahalliy charm asosida yangi assortimentdagi tеri va galanterеya mahsulotlarini yaratish;
▫️ Eksport salohiyatini oshirish va mahalliy charm mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish.
🔎 Jarayon tafsilotlari:
Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Karimov loyiha jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. U amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligini ta’kidlab, loyiha natijalarining mahalliy sanoatni rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida eʼtirof etdi. Shu bilan bir qator ushbu amalga oshiralayotgan loyiha korxona uchun iqtisodiy samaradorli yuqoriligini aytib o'tildi. Shuningdek, loyiha davomida ilg‘or texnologiyalarni yanada kengroq joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Bu loyiha nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki milliy ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro bozorlarda mahalliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.