https://namspi.uz/uploads/976e109fee3a6b1dd9d36dadeafd4b2b.jpg
Bugun Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Karimov boshchiligida Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Ideal Textile” MCHJ korxonasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔬 Loyiha haqida:
Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti 2-bosqich tayanch doktoranti Ergasheva Shaxzoda Hamidullayevna, ilmiy rahbari Mirxojayev Mirjamol bilan birgalikda “Mahalliy xomashyo asosida sifatli qotirma mato ishlab chiqarish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Mazkur loyiha doirasida korxona rahbari Odiljon Yunusov bilan hamkorlikda import o‘rnini bosuvchi, yangi tarkibli qotirma matolar ishlab chiqarish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.
🌟 Loyihaning ahamiyati:
▫️ Mahalliy resurslardan samarali foydalanish orqali tannarxni pasaytirish;
▫️ Gigiyenik xususiyatlarni yaxshilash orqali inson salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish;
▫️ Respublikaning eksport salohiyatini oshirish va milliy mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish.
🔎 Jarayon tafsilotlari:
Bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Karimov ilmiy tadqiqot jarayonini o‘rganar ekan, korxonada olib borilayotgan ishlarning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini alohida taʼkidladi. Shuningdek, loyiha davomida mahalliy tabiiy xomashyodan foydalanish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish zarurligini qayd etdi.
Bu loyiha mahalliy sanoatni rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va milliy ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.