"Bayrog‘im faxrim mening" chellengi!





   Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti talaba-yoshlari 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im faxrim mening” heshtegi ostida qiziqarli chelleng tashkil etdi.

🎉 Chelleng maqsadi:
▫️ Davlat ramzlariga hurmat va e’tiborni oshirish;
▫️ Yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirish;
▫️ O‘zbekiston Davlat bayrog‘i timsolida milliy g‘urur va iftixorni targ‘ib qilish.

 


# # # # # # # # # #

  Talabalar bayrog‘imizni o‘z iftixorlari sifatida ulug‘lab, davlatimiz ramzlarining ahamiyatini namoyish etishdi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodning Vatanimizga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.