https://namspi.uz/uploads/e4d8a2c5f2c49777466aa2ee063d145d.jpg
Bugun Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik, kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’i Nuriddin Karimov boshchiligida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Gadian Tex" xususiy korxonasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar ko‘zdan kechirildi.
Loyiha haqida:
Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Babayeva Shoxista Xamidxon qizi, ilmiy rahbari Xojiyev Abduraxim bilan birgalikda "Maktab formasiga milliy matolarni tadbiq etish" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur loyiha doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlari uchun milliy matolardan foydalanilgan yangi dizayndagi maktab formasi ishlab chiqilmoqda.
Loyihaning ahamiyati:
▫️ Milliy matolarni qo‘llash orqali maktab formasining tannarxi pasayadi;
▫️ Gigiyenik xususiyatlar yaxshilanib, yosh qizlarning salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi;
▫️ Maktab formasiga milliy brend yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
📌 Tadqiqot davomida korxona rahbari Nasimjon Yunusov va jamoa yangi dizayndagi bejirim fasondagi maktab formasi assortimentini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Bu loyiha nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.