https://namspi.uz/uploads/4621c3d848ba268124e80011a677989e.jpg
Joriy yilning, 16-noyabr kuni Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Umarova boshchiligida “Milliy liboslar haftaligi” tadbiri doirasida talaba-qizlar tomonidan milliy matolardan tikilgan liboslarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot haqida:
Institutning “Qizlarjon” klubi a’zolari atlas va adras kabi milliy matolar yordamida yaratilgan o‘zbekona liboslarni namoyish qilib, milliy kiyinish san’atining nozik va betakror jihatlarini yuksak darajada aks ettirdilar.
🔰 Tadbirning maqsadi:
▫️ Milliy liboslar tikish sirlarini o‘rganish;
▫️ O‘z milliyligimizni asrab-avaylash;
▫️ Milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish.
🌟 Ushbu taqdimot talaba-qizlarning milliy madaniyatga bo‘lgan ehtiromini va ijodiy yondashuvini ko‘rsatib berdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz orasida milliy qadriyatlarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.