https://namspi.uz/uploads/f23ae520af7ea916730838caa88db0a7.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔰 Tanlov haqida:
Tadbirni institut rektori Qurbanali Xoliqov ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov davomida nomzodlarning hujjatlar to‘plami, taqdimotlari va bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Baholashda faol ishtirok etgan mutaxassislar:
▫️ Abdullajon Usmonov – “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi;
▫️ Adhamjon Qurbonov – Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi;
▫️ Zahroxon Umarova – Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi.
📌 Natijalar:
Tanlov natijalari yaqin kunlarda institutning rasmiy telegram kanallarida eʼlon qilinadi. Eng faol talabalarimizni kuzatishda davom eting va ularga omad tilaymiz! 🌟