https://namspi.uz/uploads/227de02c495363941fb53ff70a864677.jpg
2024-2025 o‘quv yili bitiruvchi talabalar uchun “Kar`yera Markazi” loyihasi doirasida 31-oktabr kuni institutning 4-kurs talabalari va Artsoft Holding MCHJ mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni institut prorektori J. Ergashev kirish so‘zi bilan ochib, talabalarni kelajakda muvaffaqiyatli muhandis-texnolog sifatida shakllanishga undadi va ularga ishlab chiqarishda o‘z bilimlarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berdi.
Artsoft Holding MCHJ vakillari, jumladan, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Ikramov talabalarni korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qildi. Talabalar o‘z savollariga javoblar oldilar va ishga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, dastlabki saralash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, korxonadagi xodimlar bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar. Uchrashuv davomida karyera imkoniyatlari va ish sharoitlari haqida ham keng tushunchalar berildi.
“Kar`yera Markazi” loyihasi bitiruvchilarga muvaffaqiyatli karyera uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!