https://namspi.uz/uploads/4a7a810eb18995cf35e400b84f6b7f52.jpg
28-30-oktyabr kunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida 28- 30-oktyabr kunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida Namangan shahar 2-son Politexnikumi , Kosonsoy tumani 3-son Politexnikumi, To’raqo’rg’on tuman 2-son Politexnikumi, Kosonsoy tumani 1-son Politexnikumi, Uchqo‘rg’on tumani 1-son Politexnikumi, Namangan tumani 2- son Politexnikumi, Pop tumani 2-son Politexnikumi, Namangan tumani 1-son Politexnikumi, Chortoq tumani 2-son Politexnikumi, Mingbuloq tumani 2-son Politexnikumi, Chortoq tumani 2-son Politexnikumi direktorlari va soxa bo'yicha o'rinbosarlsari Namangan To'qimachilik Sanoati Institutiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda institut rektori va xodimlari bilan birgalikda kasbiy ta'lim sohasidagi dolzarb vazifalar, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. Hududlardan kelgan masullar ushbu tashrif davomida innovatsion ta’lim usullarini joriy etish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va xalqaro tajribalardan foydalangan holda kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuvda belgilangan topshiriqlar va ularning ijrosini samarali tashkil etish masalalari ustida keng fikr almashildi. Natijada, kasbiy ta'limlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan konkret chora-tadbirlar belgilab olindi.
Kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan harakatlarimiz kelajagimiz uchun muhim ahamiyatga ega! Har birimiz birgalikda o‘sishga, bilim va ko‘nikmalarimizni yanada oshirishga intilamiz. Ta’limdagi o‘zgarishlar nafaqat o‘quvchilarimiz, balki jamiyatimiz uchun ham foydali bo‘lishi kutilmoqda.