Kasbiy Ta'limni Rivojlantirish Yuzasidan Vazifalar Muhokama Qilindi!





  Bugun, 28-oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumi maktabi direktori Qayumova Gulchexra Maxammadjonovna Namangan To'qimachilik Sanoati Institutiga tashrif buyurdi.


# # # # # # # # # #

  Uchrashuvda institut rektori va xodimlari bilan birgalikda kasbiy ta'lim sohasidagi dolzarb vazifalar, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. Qayumova Gulchexra Maxammadjonovna ushbu tashrif davomida innovatsion ta’lim usullarini joriy etish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va xalqaro tajribalardan foydalangan holda kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladi.

  Uchrashuvda belgilangan topshiriqlar va ularning ijrosini samarali tashkil etish masalalari ustida keng fikr almashildi.

  Kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan harakatlarimiz kelajagimiz uchun muhim ahamiyatga ega! Har birimiz birgalikda o‘sishga, bilim va ko‘nikmalarimizni yanada oshirishga intilamiz. Ta’limdagi o‘zgarishlar nafaqat o‘quvchilarimiz, balki jamiyatimiz uchun ham foydali bo‘lishi kutilmoqda.