Kasbiy Ta'limni Rivojlantirish Yuzasidan Muhokama O‘tkazildi





  Bugun, 25-oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida Namangan shahar 2-son politexnikumi direktori SH. Mamajanova Namangan to'qimachilik sanoati institutiga tashrif buyurdi.


# # # # # # # # # #

  Ushbu uchrashuvda institut rektori bilan birgalikda belgilangan topshiriqlar, ularning ijrosini samarali tashkil etish hamda ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Natijada, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

  Kasbiy ta'limni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar kelajagimiz uchun muhim ahamiyatga ega!