https://namspi.uz/uploads/200aa24c5b7870c0c5e7ad8d943f6254.jpg
Namangan To‘qimachilik sanoati institutida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan 4+2 dasturi samarali joriy etilmoqda. Bu tizim talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratib, nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish muhitida amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan.
Jumladan, To‘qimachilik tolalari muhandisligi kafedrasining Toshbuloq Teks MCHJ “Toshbuloq paxta tozalash” korxonasida tashkil etilgan kafedra filialida talabalarga qulay sharoitlar yaratilgan. Ushbu filialda o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlari kafedra mudiri X. Sharipov boshchiligida professor-o‘qituvchilar R. Muradov, Sh. To‘xtayev, M. Mutalov, Sh. Najmiddinovlar hamda korxonaning yuqori malakali kadrlar bilan birgalikda olib borilmoqda.
Bu amaliyotlar talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, bunday tizim talabalarning kelajakda o‘z kasbida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.