https://namspi.uz/uploads/1f1e51e1b3114fe6caf99c54755e3457.jpg
Ushbu chellenjning maqsadi talabalar o'rtasida ona-tiliga bo'lgan muhabbatni oshirish, o'zbek tilini targ'ib qilish va oliy ta'lim muassasalarida ona-tilimizning naqadar boy va go'zal ekanligini yana bir bor eslatishdir. Tilimiz, millatimizning ajralmas qismi, bizning madaniyatimiz, an'analarimiz va tariximizni ifoda etuvchi vositadir.
Bu chellenj nafaqat tilni o'rganish, balki o'zbek tilida fikr va his-tuyg'ularni ifoda etish, o'zaro muloqotni kuchaytirish va jamiyatda ona-tilimizga bo'lgan hurmatni oshirish imkoniyatidir. Talabalarimiz o'z ijodlari orqali o'zbek tilining go'zalligini va boyligini namoyish etishlari, ona-tilimizga bo'lgan mehrlarini bildirishlari muhimdir.
"Mushoira" klubiga a'zo bo'lishni xohlaydigan suhandon, she'r va hikoyalar yozib, qalam tebratuvchi talabalarni safimizga chorlaymiz! Ijodiy jarayonda birga bo'lib, o'z fikr va g'oyalarimizni baham ko'rish, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va rivojlantirishda birgalikda harakat qilaylik.