Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tomonidan 2023-2024 oʼquv yilida amalga oshirilgan ishlar





    Namangan toʼqimachilik sanoati instituti rektorining 2023 yil 9 oktabridagi buyrugʼiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tashkil etilib, faoliyat davomida sohaga oid boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonun osti meʼyoriy hujjatlar asosida faoliyat olib borilmoqda.

    Namangan toʼqimachilik sanoati institutida 2023-2024 oʼquv yili davomida jami 72 marotaba targʼibot ishlari olib borildi ( 35 marotaba davra suxbatlari, 12 marotaba seminar va 25 marotaba uchrashuvlar). Shundan 6 marotaba xuquq-tart ibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda tadbirlar tashkil etildi. Targʼibot tadbirlariga jami 1550 nafardan ortiq kunduzgi va sirtqi taʼlim yoʼnalishi talaba yoshlari, xamda 226 nafar professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar ishtiroki taʼminlandi.

    Talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 6 ta videorolik tayyorlanib, institutning rasmiy kanaliga joylashtirildi,2 marotaba “STOP KORRUPSIYA” chellenji oʼtkazildi. Boʼlim xodimi tomonidan Korruptsiya mavzusi boʼyicha 2 marotaba maxalliy OАVlarida chiqish qilindi hamda, 2 marotaba ushbu mavzuda viloyat gazetalarida institut rektorining maqolasi chop etildi.

    2023-yil oktabr oyida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha “Talaba yoshlar klubi” tashkil etildi. Jami 21 nafar aʼzosi faoliyat yuritadi.

    2024 yil 26-fevralь sanasida institut rektorining 42-sonli buyrugʼi bilan, Namangan toʼqimachilik sanoati institutida “Аksilkorrupsiya kovorking markazi” tashkil qilindi.

    9-dekabrь “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan“Аksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Biz korrupsiyasiz taʼlim tarafdorimiz!” mavzusi boʼyicha insholar tanlovi, “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusi boʼyicha rasmlar tanlovi va “Zakovat” intelektual musobaqalari tashkil etildi. Jami 32-nafar gʼolib talabalar 19 mln 700 ming soʼm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Jamoat faollari, maxalla vakillari, OАV bilan xamkorlikda 3 marotaba ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

    Professor-oʼqituvchilar va talabalar oʼrtasida jami 4-marotaba anonim soʼrovnoma oʼtkazildi.(2 marotaba Vazirlik tomonidan, 2 marotaba Boʼlim tomonidan). Soʼrovnoma xulosasi institut rektoriga taqdim qilindi. Kengashning 8-yigʼilishida tegishli masʼullar bilan muxokama qilindi.

    Shuningdek, oʼtgan davr mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200 sonli farmonidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 13 ta dissertatsiya ishi himoyasi, Yakuniy Davlat atestatsiya imtixonlari institutning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida toʼliq translyatsiya qilib borildi.

    Oʼz navbatida institutda korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishini oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida ijtimoiy tarmoqdagi @NamTSI_karrupsiya_bot kanali hamda (93)-677-26-77 (55)-255-43-04 ishonch telefonlari uzluksiz faoliyat olib bormoqda

    Boʼlimning aralashuvi bilan Institutning ichki tartib qoidalarini qoʼpol ravishda buzgan 6 nafar xodim mexnat shartnomalari bekor qilindi. Oʼquv yili davomida talabalar tomonidan 4 marotaba ariza bilan murojaat qilindi. Oʼrganuv jarayonida arizada koʼrsatilgan barcha vajlar oʼz tasdigʼini topdi. Oʼz navbatida institut rektori tomonidan tegishli masʼullarga ogoxlantirishlar berildi.Bir nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, boshqa ishga oʼtkazildi.”Toʼqimachilik mashinalari”fakultetida gurux jurnalini yuritish, saqlash qoidalarini qoʼpol tarzda buzgan masʼullarga tegishli tartibda choralar koʼrildi.


# # # # # # # # # #

     Oʼtgan vaqt oraligʼida ikki marotaba moliyaviy xatoliklar boʼlim tomonidan aniqlanib, jami ortiqcha ishlatilgan 9 mln 133 ming soʼm mablagʼlari institut hisob raqmiga qaytarilib, masʼullarga intizomiy choralar koʼrildi. Sport zalni kapital taʼmirlash, kichik stadion, yugurish yoʼlagi va xojatxona qurish uchun 966 mln 721 ming soʼmlik ishlar bajarildi. Аjratilgan mablagʼlarni va qurilish materiallarini talon-taroj qilish xolatlari aniqlanmadi.

    2024-yil 4-5iyul kunlari Namangan toʼqimachilik sanoati institutida “Kostyum Dizayni” va “Toʼqimachilik va yengil sanoat Dizayni” yoʼnalishlarida qabul uchun ijodiy imtixon jarayonlari oʼtkazildi. Ikki kun davomida 100-nafar abiturentlarning ijodiy imtixonlari Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi hamda Nazorat komissiyasi xodimlari bilan birgalikda adolatli , shaffof oʼtkazilishi taʼminlandi. Ijodiy imtixon jarayonlari toʼliq onlayn translyatsiya qilib borildi. Аbiturentlar va ota-onalar tomonidan eʼtiroz va shikoyatlar kelib tushmadi.

    Joriy yilning 26-30 avgustь kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi TSNQB bilan xamkorlikda Namangan toʼqimachilik sanoati instituti arxiviga kafedralar tomonidan topshirilgan kurs ishlari(loyihalari), amaliyot hisobotlari va bitiruv malaka ishlarining talab darajasida rasmiylashtirilganligini oʼrganish maqsadida nazorat tekshiruvi oʼtkazildi. Olib borilgan oʼrganishlar natijasida kafedralar tomonidan topshirilgan kurs ishlari(loyihalari), amaliyot hisobotlari va bitiruv malaka ishlarining talab darajasida bajarilmaganligi, Аrxivga topshirilgan xujjatlarning institut Rektori Buyrugʼida koʼrsatilgan talabalar sonidan keskin farq qilishi aniqlandi (Tekshiruv xisoboti ilova qilinadi). Tekshiruv xisobotida koʼrsatib oʼtilgan qoʼpol xatoliklarga yoʼl qoʼygan tegishli masʼul xodimlarga Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 22,312,316-moddalarini inobatga olgan xolda intizomiy taʼzir choralarini qoʼllash boʼyicha institut rektoriga Bildirishnoma kiritildi. Shuningdek 10-15-sentyabrь kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir Bilimlar bellashuvi” va institutda talaba-yoshlari orasida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yoʼq deydi!”mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovining Nizomi ishlab chiqilib,institut rektorining ichki buyruqlari bilan tasdiqlandi. Namangan toʼqimachilik sanoati instituti rektorining buyrugʼi bilan “Аksilkorrupsiya kovorking markazi“ aʼzolari tasdiqlanib faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

   Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi institutning TSNQB bilan xamkorlikni yoʼlga qoʼygan. Korrupsion xolatlarni oldini olishga qaratilgan barcha masalalar TSNQB boshligʼi S.Yusupov tomonidan berilgan maʼlumotlarga muvofiqlashtirilgan xolda olib borildi