https://namspi.uz/uploads/51b23c313e57ea3c945bcb6cbced736c.jpg
11-oktyabr kuni Namangan To'qimachilik Sanoati institutida psixolog M. Rustamova tomonidan 1-kurs talabalari uchun maxsus seminar-trening o'tkazildi. Ushbu treningning asosiy maqsadi – "Talaba pasporti"ni shakllantirish, jamoada sog'lom ruhiy muhit yaratish va talabalarning temperament turlarini aniqlash edi.
Trening boshida talabalar orasida iliq munosabatlar o‘rnatish maqsadida "Do‘stimga xos sifatlar" nomli trening tashkil qilindi. Bu orqali talabalar bir-birlarini yaqinroq tanib, o‘z qobiliyatlari va iste’dodlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Psixolog M. Rustamova, talaba psixologik pasporti haqida tushuncha berib, to‘rtta asosiy temperament turi – Sangvinik, Xolerik, Melanxolik va Flegmatikning ijobiy va salbiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Trening yakunida talabalar o‘zlarining temperament turini aniqlash uchun psixologik testlardan o'tishdi va o‘z natijalarini bilib olishdi.
Ushbu treninglar yoshlarning psixologik rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi va kelgusidagi faoliyatlarida samaradorlikni oshiradi.