Yangi talabalar turar joyi qurilishi jadallik bilan davom etmoqda!





  Namangan To'qimachilik Sanoati Instituti hududida qurilayotgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyida qurilish ishlari izchil ravishda olib borilmoqda. Loyihaning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan 4-qavat betonlash jarayoni yakunlanish arafasida.

 


# # # # # #

  Kech kirganiga qaramay, quruvchilar o‘z ishlarini puxta va ehtiyotkorlik bilan davom ettirmoqda. Institut rektori qurilish jarayonlarini nazorat qilib, ishlar sifatini shaxsan ko‘zdan kechirdi.

  Ushbu qurilish, talabalar yotoqxonasi o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi va sifat jihatidan barcha talablar darajasida bo‘lishini ta'minlashga xizmat qiladi.

  Qurilish ishlari tez va samarali davom etmoqda, shuningdek, talabalarning qulay yashashi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda!