"Adolat va ozodlik yo'lida qulaganlar unutilmaydi." mavzusidagi ma’rifat haftaligi doirasida Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti**da "Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi" tadbiri tashkil etildi.





Tadbirda institutning 1-bosqich talabalari hamda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Jamshid Yo’ldashev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

  Tadbir maqsadi:
- Tarixiy adolatni tiklash
- Jadidlar harakati kabi millat ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan insonlarning xotirasini e'zozlash
- Talabalarga tarixiy davrlarning qimmatini anglatish va milliy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha bilimlar berish

 


# # # # # #

Tadbir davomida tarixchi ustozlar jadidlar harakati va ularning mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etdilar. Jadidlar harakatining milliy ilm-fan, madaniyat va siyosat sohasidagi ahamiyati keng yoritildi.

Tadbirda assistent o‘qituvchilar Z.Zokirov va M.Abdumuxtorovlar tomonidan siyosiy qatag‘on va jadidlar qatag‘oni haqida muhim ma’lumotlar berilib, talabalarga ushbu davrning og‘ir oqibatlari va bugungi kundagi ahamiyati tushuntirildi.

  Tadbirda yosh avlodga:
- Tarixdan saboq olish
- Milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish
- O‘z ildizlariga hurmat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ushbu haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar yoshlarimizga o‘z milliy qadriyatlariga nisbatan mas'uliyatni yanada oshiradi va tarixiy xotirani qadrlashga undaydi.