https://namspi.uz/uploads/269b30476afe2a827af7e0a9d9f485ec.jpg
Treninglarda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Namangan viloyatida joylashgan, tekstil sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan, o‘z mahsulotlarini onlayn marketpleys orqali sotishni istovchi tekstil korxonalari. Ishtirokchilarni tanlab olishda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi tekstil korxonalariga urg`u beriladi.
Treninglarning asosiy maqsadi:
Tekstil sohasiga oid qonunchilik va sohani rivojlantirish bo‘yicha berilgan imtiyozlarni ishtirokchilarga tushuntirish, mahsulotlarni chet elga eksport qilishda hamda marketpleyslarga joylashtirishda ko‘maklashishdan iborat.
Treninglar qachon bo'ladi?
2024-yilning oktyabr oyida Namangan shahar Davlatobod tumani Janubiy aylanma yo`li ko‘chasi 17-uy manzilida tashkil qilinadi va yakunlangach, noyabr oyida treningda ishtirok etgan korxonalar mahsulotlarini onlayn marketpleyslar orqali sotishga ko‘maklashiladi.
Treningda qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://forms.gle/C1XmstUsKz8CkiXj8