https://namspi.uz/uploads/0127ca131a87fcea00e81f455148b221.jpg
Namangan to'qimachilik sanoati institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. O‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘quv rejalari va fan dasturlarining ishlab chiqilishi, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirilishi, o‘quv yuklamalarini taqsimlanishi, yangi o‘quv yili uchun dars jadvalini tasdiqlanishi hamda axborot-resurs markazida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar jiddiy tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, o‘quv va laboratoriya xonalarining jihozlanishi, obodonlashtirish ishlari hamda institutda muqobil energiya manbalaridan foydalanish holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Namangan to'qimachilik sanoati institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Yangidan qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyida qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mavjud binolar qayta rekonstruksiya qilinib, talabalar uchun yanada yaxshiroq sharoitlar yaratilmoqda.
Bu o‘zgarishlar institutimiz infratuzilmasini yanada yaxshilash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun sifatli ta’lim va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.