https://namspi.uz/uploads/8e4a86edcaa7689d2654582b49d1fe23.jpg
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mas'ullari Namangan to‘qimachilik sanoati institutida bo'lib, institutning yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bugun mazkur oliy ta'lim muassasasida yaxshilangan imkoniyatlar sabab talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va loyihalarini hayotga tatbiq eta boshlashdi. Mas’ullar davlatimiz endi institut jamoasidan ilmiy yondashuvlar natijasi, texnologik yangiliklar kutayotganini ta’kidlashdi. Bu albatta ta’limdagi muhim uchlik bilim, tajriba va uchlik natijasida amalga oshadi.
Uyushma vakillari institutning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini yuqori baholab, ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidlashdi.