Kosonsoy tumani Namuna kichik sanoati zonasida Namangan to‘qimachilik sanoati instituti "Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabining" filiali tashkil etildi





Namangan to‘qimachilik sanoati instituti rektori, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va boshqa mas’ullar 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida "TERRY JAR TEXTAILE" MCHJ korxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida, Kosonsoy tumani Na’muna kichik sanoat hududida “Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi” filiali tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi yuqori malakali muhandis-texnolog va mexaniklarni tayyorlash, texnik-texnologik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamda innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirishni jadallashtirishdir. Shuningdek, memorandumda quyidagi vazifalar belgilandi:

 


# # # # # #

1. Mutaxassislar tayyorlash: To‘qimachilik korxonalari ehtiyoji bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash.
2. Tadqiqot va ishlab chiqarish: To‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish va bo‘yash-pardozlash texnologiyalarini tadqiq qilish.
3. Innovatsion faoliyat: Innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini ta’minlash.
4. “Ustoz-shogird” tizimi: Samarali “Ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish.
5. Moddiy-texnik baza: Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
6. Sifat nazorati: To‘qimachilik mahsulotlariga sifat muvofiqlik sertifikatini berish.
7. Integratsiya: Ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash.
8. Dual ta’lim: Mahsulot ishlab chiqarish va ta’lim xizmatlarini hamda “Dual” ta’limni tashkil etish.

Shuningdek, “Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi” filialida bo‘yash-pardozlash ishlari bo‘yicha laboratorantlar, mahsulot sifatini nazorat qiluvchi xodimlar, sozlovchilar va to‘qimachilik mashinalari operatorlari yo'nalishlarida yetuk muatxasislar tayyorlanadi.

Mazkur memorandum Namangan to‘qimachilik sanoati instituti va"TERRY JAR TEXTAILE" MCHJ korxonasi o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnologik tadqiqotlar olib borishga katta hissa qo‘shiladi.