https://namspi.uz/uploads/1206f250fa0180e7d31a47e0517067ce.jpg
Institut rektori Qurbonali Xoliqov, prorektor Zokirjon Erkinov va mutasaddilar ishlab chiqarish korxonalarida doktorantlar va magistrantlar faoliyatini o‘rganmoqdalar. Navbatdagi manzil "Iftixor kiyim sanoat klaster" MChJ korxonasi tomonidan Davlatobod innovatsion tumanida tashkil etilayotgan yirik to‘qimachilik korxonasida tadqiqot olib borish bilan birga o‘z tajribasini orttirayotgan institutning 2 bosqich tayanch doktoranti Shokir Abdullayev faoliyatini o‘rganish bo‘ldi.
Doktorant o‘z tadqiqotlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish barobarida bu yerda xorijiy mutaxassislardan zamonaviy texnologiyalarni boshqarish va ularni sozlash amaliyotini o‘rganayotganligi quvonarli holat.
Bugungi kunda to‘qimachilik korxonalariga jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislar o‘rnini zamonaviy bilim va malakaga ega raqobatbardosh ilmiy kadrlar bilan to‘ldirish davlatimiz rahbari tomonidan olg‘a surilgan tashabbus va keng ko‘lamli islohotlarga javob bo‘lishi aniq.
Institutda bunday kadrlarni tayyorlash uchun korxonalar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish borasida amaliy ishlar bajariladi.