Namangan to'qimachilik sanoati institutida talabalar turar joyi qurilish ishlari jadal tarzda boshlab yuborildi





Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori, professori Qurbanali Xoliqov, institut hududida DXSH asosida qad rostlayotgan 400 oʻrinli talabalar turar joyi binosining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Qurilish ishlari boshlanganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa ham, hozirgacha amalga oshirilgan ishlar rektori tomonidan ijobiy baholandi. U qurilish jarayonida ko‘rilayotgan rivojlanish va bajarilgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratdi.

Institut rahbariyati tashrifi davomida quruvchi tashkilot "Ixtisoslashgan qurilish ta'mirlash" MCHJning vakillari bilan uchrashib, loyihani belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi. Qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash mas’uliyatini yuklash bilan birga, rektor xavfsizlik va sanitariya masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.

 


# # # # # #

Rektor Qurbanali Xoliqov, shuningdek, talabalar turar joyining kelgusida talabalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilishini ta’minlashga chaqirdi. Binoning ichki va tashqi ko‘rinishi, qulayliklari va xavfsizlik standartlariga javob berishi, talabalarning zamonaviy va qulay sharoitlarda yashashi uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko'zda tutildi.

Ushbu yangi talabalar turar joyi binosi institut talabalari uchun qulay yashash sharoitlari yaratishga xizmat qiladi va ularning o‘quv jarayonida samarali ishtirok etishlariga yordam beradi.
Namangan to‘qimachilik sanoati institutining mazkur qurilish loyihasi, talabalar turar joylari masalalarida instituting yanada rivojlanishi va talabalarga kerakli bilim ko'nikmalarni shakllanishiga muhim qismi hisoblanadi.