https://namspi.uz/uploads/63148115d14a947adc6afed25f894ff0.jpg
Institutda "tarmoq-korxona-oliygoh" zanjiri ilmiy tadqiqotlar kо‘rinishida boshlangan Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Zokirjon Erkinov institutning tayanch doktorantlari bilan korxonada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi hususida davra suxbati о‘tkazdi.
Tadqiqot ishlariga korxonaning yetakchi mutahassislarini jalb etish, har bir ishlanma uchun xо‘jalik shartnomalari tuzilganligi va buning natijasida ilmiy ishlanma korxonaga joriy etish bilan yakunlanishi hamda tijoratlashuviga erishilishi ta’kidlandi.
Bunda e’tibor berilishi lozim bо‘lgan jihat bu mavsumiy ishlovchi korxonalar bо‘lib, ular faoliyatini boshlagunga qadar ishlanmalarni tayyorlab qо‘yish imkoniyati borligi ham aytib о‘tildi.
Bugungi kunga qadar korxonalarda doktorantlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarining 19 tasiga xо‘jalik shartnomasi tuzilib, shundan 40 mln. sо‘mlik ishlar bajarilib, institut hisob raqamiga о‘tkazilgan. Bu ishlarni kо‘lamini kengaytirish va mablag‘larni tushirish ishlarini jadallashtirish bо‘yicha kerakli taklif va tavsiyalar berildi.