https://namspi.uz/uploads/d717e12bac24ae177c348e1d5f58d1d5.jpg
Qadrli talabalar, izlanuvchan yoshlar, sizni sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ushbu bayramni sizlar bilan birgalikda katta shodu xurramlik bilan o‘tkazayotgan ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizni, ko‘pmillatli butun xalqimizni samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Albatta, mana shunday quvonchli ayyomda yurtimiz kelajagi, umid va ishonchimiz ramzi bo‘lgan azmu shijoatli farzandlarimiz timsolida ekanligi yoshlar uchun naqadar keng ko’lamda sharoit yaratilayotgani o’zingiz guvohi bo’lib turibsiz, Prezidentimiz yoshlar uchun yaratib berayotgan sharoitlari nihoyatda ulkan, shunday ekan o’z yurtiga mehr va sadoqat bilan yashayotgan, ilm-fan va zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallab, hozirgi tez o‘zgaruvchan va murakkab zamondagi keskin raqobatga tayyor bo‘lib yetishayotgan chinakam mutaxassis tom ma'nodagi zamon bilimdoni bo‘lgan talaba-yoshlarimiz har qanday baland marrani egallashga qodir. Ularning haqiqiy kelajak bunyodkorlari ekanligiga ishonchimiz komil. Hech qachon unutmang, g‘alaba, muvaffaqiyat va baxt – astoydil intilganniki! Bayramingiz muborak bo‘lsin!