https://namspi.uz/uploads/dadbc113bb988a54fc6f03826b83541e.jpg
Ushbu hisobot yig‘ilishida doktorant va tayanch doktorantlarning 2024-yil 1-yarim yillik bo‘yicha bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari qabul qilindi. Doktorantlarni ishlari yuzasidan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zokirjon Erkinov muhokamalar olib bordi va qator maslahatlar berdi. Qo‘shimcha ravishda barcha doktorantlar xorijiy stajirovka o‘tishi kerakligi tushuntirildi. Bobojonov Husan Toxirovich tomonidan har bir hisobot tinglanib kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxasisi A.Usmonov tomonidan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirdi.