Davlatimiz rahbarining joriy yilning 20-iyun kuni muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektoridan kelib chiqib, Namangan to‘qimachilik sanoati institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.





Unda institutning professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari ishtirok etdilar. Ta’lim maskani rektori Qurbonali Xoliqov videoselektorda belgilangan muhim vazifalar yuzasidan atroflicha to‘xtalib, yangi islohotlar ularni amaliyotda qo‘llash, korxonalar bilan samarali hamkorlikni davom ettirish,


# # # # # # # # # #

yetuk kadrlarni yetkazib berish borasida manzilli ishlar tizimli davom ettirish kabi jihatlarga e’tibor qaratdi. Ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish oldimizda turgan ustuvor vazifa ekani uqtirildi.