https://namspi.uz/uploads/43e1ae6df080ccb132239bd9b9ec5c2e.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida 30-iyun “Yoshlar kuni” doirasida “Parvozing yuksalsin bitiruvchi!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda viloyatdagi 30 dan ziyod matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, mahalla raislari, faol jamoatchilik arboblari ishtirok etdilar.
Joriy yilda ta’lim maskanini 302 nafar bitiruvchilar tamomlagan bo‘lsa, ularning 98%i ish bilan ta’minlanib ulgurgani ahamiyatli. Bitiruv oqshomida so‘z olgan institut rektori Qurbonali Xoliqov barcha talabalarni muborakbod etib, to‘qimachilik sanoati yo‘nalishida eng professional xodimlar bo‘lishlarini tiladi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining mazkur sohaga qaratgan e’tibori, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning samarasi haqida alohida to‘xtalib, institutning kuchli kadrlarni yetishtirib beruvchi drayverga aylanib borayotganini e’tirof etdi.