https://namspi.uz/uploads/fbadf6a1e35a33d6a46299e92e56adb9.jpg
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida joriy yilning 10-16-iyun kunlari "Summer Media camp" loyihasi tashkil etildi.
Ushbu loyihada saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli tarzda oʻtgan va ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 50 nafar media va jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. Besh kun davom etgan oʻquv seminarlari davomida yoshlar sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan mahorat darslarini olishdi va amalda sinab koʻrishdi. Quvonarlisi ushbu mediasavodxonlik loyihasida Namangan to'qimachilik sanoati institutining iqtidorli va tashabbuskor yoshlaridan biri Gulshoda Axmadjonova ham faol ishtirok etib, loyiha doirasida oʻtkazilgan mediaquiz va boshqa shu kabi musobaqalarda faol ishtirok etib, masʼullar tomonidan alohida eʼtirof etildi.