https://namspi.uz/uploads/0534baec7382d47d6f4c27fc2e41016a.jpg
Rossiya Federatsiyasining Moskva tadbirkorlik akademiyasi tijoriy ishlar bo‘yicha direktori Aleksandr Kovalyov hamda «Sinergiya»ning Xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Rozanovlar boshchiligidagi delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida sohaga oid bir nechta maqsadli loyihalar ko’rib chiqildi. Namangan to’qimachilik sanoati institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zokirjon Erkinov delegatsiya a’zolari bilan muloqotda to‘qimachilik mahsulotlari savdosi, marketingi, sun’iy intellektni to‘qimachilikda qo‘llash kabi masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Ilg‘or muhandislik maktabini shakllantirishda samarali hamkorlik qilishga erishildi.