https://namspi.uz/uploads/6ab058b7c3db6d88dab0416413c53678.jpg
O‘zbekiston-2030 strategiyasini amalga oshirishda Germaniya Hukumatining O‘zbekistonga ko‘magi sifatida 2025-yil yakuniga qadar 50 ta korxonada havoga karbon emissiyalarini 10% tushirishga ko‘maklashish, SE markirovkasini ( Yevropaga eksport qilish talablari) yangi talqini asosida mahalliy korxonalarni tayyorlashdagi amaliy hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida, Namangan to‘qimachilik institutiga GIZning Yashil iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro eksperti, Integratsion kompaniyasi vakillari,
Professor Atanas Kochov va professor Bernard Coes, GIZning Yashil industrializatsiya bo‘yicha milliy eksperti Shahzoda Kuchkarova hamda Nargiza tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar dastlab ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Talabalar bilan suhbatlashib, ularning istiqboldagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shundan so‘ng xorijiy mutaxassislar tomonidan GIZ loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi va to‘qimachilik sanoatida yashil texnologiya doirasida mavjud resurslardan oqilona foydalanish, ekologiyani asrash, chiqitsiz texnologiyalarni tadqiqi bo‘yicha ochiq ma’ruza qilindi. Tadbir so‘ngida hamkorlikdagi galdagi vazifalar xususida muloqot olib borildi.