SPORTDAGI MUVAFFAQIYATLAR





Farg’ona viloyati Quvasoy tumanida sportning muay-tay turi bo‘yicha joriy yilning 15-19-may kunlari o‘tkazilgan navbatdagi O’zbekiston chempionatida barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin sportchi turli yosh va vazn toifalarida g‘oliblik uchun kuch sinashdilar.


# # #

Quvonarlisi, turnirda ishtirok etgan Namangan to’qimachilik sanoati institutining Dizayn fakulteti talabasi Kristina Aleksandrova hamda To’qimachilik texnologiyasi fakulteti talabasi Ilmira Rajabboyeva muvvaffaqiyatli jang o’tkazib, 2-3-o’rinlarni qo’lga kiritdilar. Umidli sportchilarning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilaymiz.