https://namspi.uz/uploads/37354a84685cbb7a0e710dab4e24a4b9.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida navbatdagi uslubiy-kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev bochiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda maskanda 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalarining rejalashtirilishi, bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi semestr yakunlari
va yakuniy nazoratlarining shaffof tarzda olib borilishi, 2023-2024 o‘quv yili bahorgi semestr jarayonlarida talabalarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki borasida bir qator masalalar ko‘rildi. Qabulga doir vazifalar belgilab olindi.