https://namspi.uz/uploads/289a6c31b1a3ec480363b455cbdff709.jpg
Namangan To‘qimachilik sanoati institutida dastlabki himoyalar boshlandi.To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti, Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash texnologiyasi kafedrasi bitiruvchilari bitiruv malakaviy ishining dastlabki himoyasida bo‘ldilar.
Institutning professor o‘qituvchilari ishtirokida olib borilgan dastlabki himoyada talabalarning bitiruv-malakaviy ishidagi kamchiliklar, to‘ldirilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida e’tibor qaratilib, bu sohada jahon andozalariga javob beradigan yangidan yangi g‘oyalar ustida ishlash kerakligi alohida ta’kidlandi.