YOSH TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV





Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes sohasidagi bilimlarini oshirish va bu yo‘nalishda amaliy ko‘mak berish , bu borada talaba-yoshlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” vakillari Namangan to‘qimachilik sanoati talabalari bilan uchrashuv tashkil etdilar.


# # # # # # # # # #

Unda ishtirok etgan Respublika biznesni rivojlantirish banki departamenti bosh mutaxassisi Azizbek Haydarov hamda  hududiy vakili Botirjon Dadaboyev 100 dan ziyod tadbirkorlikka ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning loyihalari bilan tanishdilar.Institutda tahsil olish barobarida kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlarga amaliy tavsiyalar berdilar.Yosh tadbirkorlarning savollariga javob berib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdilar.