GUL BAYRAMIGA TADORIK NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA





Namangan to‘qimachilik sanoati institutining Dizayn kafedrasida faoliyat yuritayotgan 4 nafar professor o‘qituvchilar hamda 60 nafar talaba qizlar viloyatda o‘tkaziladigan 63- xalqaro gullar bayrami uchun 20 turdagi 150 dona tantanavor ayollar liboslarini buyurtma asosida tikmoqdalar.


# # # # # # #

Ayni paytda institutning barcha kafedralarida 63- xalqaro gullar bayramiga tadorik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Bayram shodiyonalari davomida institutning talaba-yoshlari ishtirokida “O‘zbekiston-jahon maydonida” nomli liboslar ko‘rgazmasi tashkil etilishi belgilangan.