https://namspi.uz/uploads/2ec229f082980e8323a6e93bc6cbe192.jpg
Namangan to’qimachilik sanoati institutining Dizayn kafedrasida faoliyat yuritayotgan 4 nafar professor o’qituvchilar hamda 60 nafar talaba qizlar viloyatda o’tkaziladigan 63- xalqaro gullar bayrami uchun 150 dona tantanavor ayollar liboslarini buyurtma asosida tikmoqdalar.
Ularning faoliyatini ko’zdan kechirgan institut rektori Qurbonali Xoliqov tikuv mashinalari, kerakli matolar, bezaklar bo’yicha alohida materiallarning bazalari bilan tanishib chiqdi.
Talabalar bilan suhbatda ularga amaliy darslarning ahamiyati qanday bo’layotgani bilan o’rtoqlashdi.