XOTIRA MANGU-QADR MUQADDAS





Xotira mangu-qadr muqaddas. Zotan, bugungi dorilamon kunlarga o‘z hissasini qo‘shgan, tinchligimiz yo‘lida kamarbasta bo‘lgan azizlarning yodiga hurmat bajo keltirish, jasorat va mardliklari haqida kelajak avlodga yetkazish oldimizda turgan asosiy vazifalardan.
9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostidagi xotira turnirining yakuniy final bosqichi hamda taqdirlash katta ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.


# # # # # # #

Urush faxriylari, mahalla nuroniylari, viloyatning bir nechta tashkilotlari rahbarlariga ehson oshi tarqatilib, urushda vafot etgan azizlar yodga olindi. Ularning haqqiga duo o‘qildi, ozod va erkin diyorda yashashimizga sababchi bo‘lgan jasur va mard insonlar sharaflandi.
Ta’lim maskanini yaqindan ko’zdan kechirgan mehmonlar o’quv xonalari, zamonaviy jihozlar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, barcha qulayliklarga ega sport zal, tashqi sport maydonchalarini ko’rib, talabalarga faqat o’qish kerakligini ta’kidladilar.
Institutga tashrif buyurgan 100 dan ortiq mehmonlar ishtirokida 5 turda o‘tkazilgan sport o‘yinlari g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.