https://namspi.uz/uploads/7712663e82014fee13488524309cb5f4.jpg
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan “To‘qimachilik texnologiyasi” fakultetining 18 nafar talabalari Qo‘qon shahriga bir kunlik sayohat uyushtirdilar.
“Talant shov” hamda Sport musobaqalaridagi ishtiroki uchun rag‘batlantirilgan mazkur talaba-yoshlar Qo‘qon xonligida mavjud bo‘lgan me’moriy obidalar bilan yaqindan tanishishdi.
Tarixiy muzeydagi xonliklar davriga oid eksponatlar talaba-yoshlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.