https://namspi.uz/uploads/40525dbb2d386809d96f287290f954dc.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Viloyati hokimligi, Davlatobod tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka kо‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tо‘qimachilik klasterlari, 60 dan ortiq to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari ishtirok etgan mazkur mehnat yarmarkasi bitiruvchi hamda yuqori bosqich talaba-yoshlarning o‘z sohasi bo‘yicha bandligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Tadbirda institutning 700 dan ziyod talabalari qamrab olinib, iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilarning dizaynerlik, tikuvchilik, trikotaj, ip yigiruv, to‘quv va charm mahsulotlari bo‘yicha ilmiy - innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi, liboslar namoyishi, sport o‘yinlari, badiiy chiqishlar tashkil etildi.
Yarmarkada ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari, investitsiya sanoat, savdo boshqarmasi boshlig‘i Okibjon Inamov, “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Zohidjon Osamov hamda soha mutaxassislari va faxriylari intiluvchan va g‘ayratli yoshlarning ishlari haqida alohida to‘xtalib, ularning sanoatda o‘z o‘rniga ega kadrlar bo‘lib yetishishida muvaffaqiyat tiladilar.
Shuningdek, mutasaddilar talim maskanida jahon talablariga mos ravishda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyadagi uskunalarni ko‘zdan kechirdilar.
E’tiborli jihati, Mehnat yarmarkasi yakuniy natijalariga ko‘ra, 200 nafarga yaqin bitiruvchi va 70 nafardan ortiq yuqori bosqich talabalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlash borasida ish beruvchi korxonalar bilan kelishuvga erishdilar.