https://namspi.uz/uploads/ecc1396b306b9a971fe204a72f536444.jpg
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-30-aprel kunlari Qirg’izistonda o’tkazilayotgan “Yosh dizaynerlar-2024” festivalida Namangan to’qimachilik sanoati institutining ijodkor talaba-yoshlari o’zlarining yaratgan kollektsiyalari bilan ishtirok etmoqdalar.
Quvonarlisi, 6 ta kolleksiyadan iborat chiqishlarda dizayner qizlarimiz 1-2-o’rinni qo’lga kiritdilar. "Aral" va "Milliy retro" shior ostida yaratilgan liboslarda o'zbekona milliy qadriyat va urf-odatlarimiz, umumbashariyatga daxldor bo’lgan muammo va uning yechimlari aks etgani hakamlarda alohida qiziqish uyg’otdi.
Namangan to’qimachilik sanoati instituti Axborot xizmati