Namangan to’qimachilik sanoati institutining qaytadan rekonstruksiya qilingan sport zalining tantali ochilishi bo'lib o'tdi!





Namangan to’qimachilik sanoati institutining qaytadan rekonstruksiya qilingan sport zalining tantali ochilish marosimi bo'lib o'tdi!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari orasida jismoniy madaniyatni yuksaltirish, qolaversa, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar uchun barcha sharoitlarni yaratishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.


# # # # # # # #

Buning isboti o‘laroq Namangan to‘qimachilik sanoati institutida zamonaviy, qulay va ixcham sport majmuasi qaytadan mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bugun ushbu sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Institutimizga tashrif buyurgan bir qator mehmonlar mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan institutimiz rektori professor Q. Xoliqov institutimiz jamoasi va talabalarni yangi, ko‘rkam sport majmuasi faoliyat boshlagani bilan qizg‘in tabrikladi. Shundan so‘ng yangidan qad rostlagan sport majmuasida institutimiz sportchilari ishtirokida mini futbol, voleybol, qo‘lto‘pi shuningdek yakka kurash turlaridan qo‘ljangi, boks va taekvondo bo‘yicha ajoyib chiqishlar namoyish etildi.
Endilikda talaba yoshlar bu maskanda sportning jamoaviy hamda boshqa turlari bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.